Yordam xizmati
Kadrix mobil ilovasining rasmiy yordam sahifasi. Bu yerda aloqa ma'lumotlari, ko'p beriladigan savollarga javoblar va akkauntni boshqarish yo'riqnomalari jamlangan.
Biz bilan bog'lanish
Elektron pochtasupport@kidzone.uzMurojaatlar kecha-yu kunduz qabul qilinadiTelefon+998 90 646 22 92Du–sha, 09:00–18:00 (UTC+5)Telegramt.me/Axtamov0803Tez javob uchunInstagraminstagram.com/kadrix.uzYangiliklar kanali
Dasturchi: «KIDZONE ECOSYSTEM» MChJ
Murojaatda nima ko'rsatish kerak
Tezroq javob berishimiz uchun quyidagilarni yozib qoldiring:
- akkauntga bog'langan telefon raqami
- ish beruvchi tashkilot nomi
- ilova versiyasi (Profil bo'limida ko'rsatilgan)
- qurilma modeli va iOS yoki Android versiyasi
- xatolik ko'rinib turgan ekran surati
Ko'p beriladigan savollar
Ilovaga qanday kiraman?
Kadrix — ish beruvchining HR tizimiga ulangan xodim ilovasi, unda ochiq ro'yxatdan o'tish yo'q. Login (telefon raqami) va bir martalik parolni yoki QR kodni ish beruvchingizning HR bo'limi beradi.
«Keldim» tugmasi ishlamayapti, «ish hududidan uzoqdasiz» deb chiqyapti
Davomat faqat ish beruvchi belgilagan ish hududi ichida qayd etiladi. Qurilma sozlamalarida joylashuvga ruxsat «Ilovadan foydalanganda» qilib qo'yilganini tekshiring va ish joyida turib qayta urinib ko'ring. Hudud noto'g'ri belgilangan bo'lsa — buni faqat ish beruvchi tuzatadi.
Joylashuvim doim kuzatiladimi?
Yo'q. Joylashuv faqat siz «Keldim» yoki «Ketdim» tugmasini bosgan paytda o'qiladi. Ilova fonda joylashuvni kuzatmaydi.
PIN-kod esdan chiqdi
PIN faqat shu qurilmada ilovani ochish uchun ishlatiladi. Akkauntdan chiqib, qaytadan kiring — ilova yangi PIN belgilashni taklif qiladi.
Telefonimni almashtirdim, «qurilma allaqachon bog'langan» deb chiqyapti
Har bir akkaunt bitta telefonga bog'lanadi — bu boshqa odam sizning nomingizdan davomat qayd etishining oldini oladi. Yangi telefonga o'tish uchun ish beruvchingizning HR bo'limiga murojaat qiling, ular eski bog'lanishni bekor qiladi.
Davomat yoki ish vaqti noto'g'ri ko'rinyapti
Ish jadvali, smena va ish hududi ish beruvchining tizimida belgilanadi, hisob esa o'sha sozlamalar asosida chiqadi. Noaniqlik bo'lsa avval HR bo'limiga murojaat qiling — tuzatishni faqat ular kiritadi.
Bildirishnomalar kelmayapti
Qurilma sozlamalarida Kadrix uchun bildirishnomalarga ruxsat berilganini tekshiring. Ruxsat berilgan bo'lsa-yu, bildirishnoma kelmasa — bizga yozing.
Akkauntni o'chirish
Ilovaning o'zida o'chirish mumkin: «Sozlamalar» → «Hisobni o'chirish». Hisob shu zahoti bloklanadi va telefon bog'lanishi bo'shatiladi. Ilovaga kira olmasangiz — ish beruvchingizning HR bo'limiga murojaat qiling yoki bizga yozing.